Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

«Bunyodkor» moliyaviy qiyinchiliklar sabab Navoiyga bora olmasligini ma’lum qildi

«Bunyodkor» moliyaviy qiyinchiliklar sabab Navoiyga bora olmasligini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Superliganing 15-turidan o‘rin olgan «Qizilqum» — «Bunyodkor» uchrashuvi belgilangan muddatda o‘tkazilmaydi. Bu haqda «Bunyodkor» klubi Professional futbol ligasiga rasman ma’lum qildi.

Klubning ma’lum qilishicha, og‘ir moliyaviy holat tufayli jamoa Navoiyga safar qila olmaydi. Xususan, yo‘l chiptalari, mehmonxona xarajatlari hamda delegasiya a’zolarining ovqatlanishi uchun zarur mablag‘ mavjud emas.

Avvalroq «Bunyodkor» bosh murabbiyi va qator futbolchilar jamoa a’zolari bir necha oydan buyon maosh olmayotgani, shuningdek, klub bazasida ham qator muammolar mavjudligini ma’lum qilgan edi.

Superliga reglamentiga muvofiq, 15-tur doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Qizilqum» — «Bunyodkor» uchrashuvi uchun mehmon jamoaga texnik mag‘lubiyat yoziladi.

Shuningdek, agar mavsum davomida bunday holat yana bir bor takrorlansa, «Bunyodkor»ni Superliga musobaqasidan chetlatish masalasi Liga Ijroiya qo‘mitasi kun tartibiga kiritiladi.

O‘z navbatida, Professional futbol ligasi mazkur uchrashuvni tashkil etish bilan bog‘liq barcha tashkiliy ishlar to‘xtatilganini ma’lum qildi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:08, 30.07.2026.
O'qildi: 2273 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик