Kirish Ro'yxatdan o'tish

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod aniqlandi

Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod aniqlandi

Baho:
+ | -

Niderlandiya yoshlar terma jamoasini boshqarib kelayotgan Mixael Reyziger mamlakat asosiy terma jamoasining bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodga aylandi, deb xabar bermoqda The Touchline ijtimoiy tarmoqlarda.

Avvalroq milliy terma jamoani Ronald Kuman tark etgan edi. Uning qo‘l ostida «olovranglilar» JCH-2026ning 1/16 finaliga qadar yetib borishgandi.

Reyziger 53 yoshda, u 2023 yildan beri Niderlandiya yoshlar terma jamoasida ishlab kelmoqda. Bungacha mutaxassis «Ayaks» va Rotterdamning «Sparta» klublarida faoliyat yuritgan.

2026 yilgi Jahon chempionatida Ispaniya milliy terma jamoasi g‘olib chiqdi. Turnirning hal qiluvchi uchrashuvida ispanlar Argentina terma jamoasini mag‘lub etishdi. Uchinchi o‘rinni esa Angliya egalladi.

Kiritildi: 17:08, 31.07.2026.
O'qildi: 755 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик