Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

Ilk bor OFKning Elit hakamlar seminari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

Ilk bor OFKning Elit hakamlar seminari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

3–7-avgust kunlari Milliy futbol markazida OFKning Elit hakamlar seminari (G‘arb mintaqasi) bo‘lib o‘tadi. Mazkur nufuzli seminar Osiyo futbol konfederasiyasining elit toifadagi hakamlari uchun o‘tkaziladigan eng muhim o‘quv tadbirlaridan biri hisoblanadi.

Seminarda OFK Hakamlar departamenti vakillari, Osiyoning 92 nafar elit toifadagi hakami, OFKning tajribali instruktorlari hamda hakamlar tayyorlash yo‘nalishidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etadi.

Besh kun davom etadigan seminar doirasida zamonaviy hakamlik talablari, o‘yin vaziyatlarini tahlil qilish, qarorlar qabul qilish sifati, maydondagi boshqaruv, jismoniy tayyorgarlik va VAR tizimiga oid eng so‘nggi yo‘riqnomalar bo‘yicha nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston vakillari — tajribali instruktori Valentin Kovalenko va FIFA hakami Ilgiz Tantashev mazkur seminarning Sharq mintaqasi uchun Yaponiyada tashkil etiladigan bosqichida ham faoliyat olib boradi.

Manba: UFA
Kiritildi: 19:35, 31.07.2026.
O'qildi: 575 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик