Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

Xau: «Qalbim to‘ridan bilamanki, bu to‘g‘ri qaror»

Xau: «Qalbim to‘ridan bilamanki, bu to‘g‘ri qaror»

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Eddi Xau «Nyukasl» bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Klub bu haqda rasman ma’lum qildi.

«Shaxsiy mulohazalardan so‘ng, «Nyukasl» bosh murabbiyligidan ketish uchun eng maqbul vaqt keldi deb qaror qildim.

Klubga butun hayotim, yuragim va qalbimni bag‘ishlab, tinimsiz mehnat qilgan deyarli besh yildan so‘ng, ketish, kuch yig‘ish va tanaffus olish ham men, ham klub manfaatlari uchun eng yaxshi yechim bo‘ladi deb hisoblayman.

Bu qarorni qabul qilish juda qiyin bo‘lgan bo‘lsa-da, qalbim to‘ridan bilamanki, bu to‘g‘ri qaror.

Men shu yerda bo‘lgan vaqtimda qabul qilgan sira istisnosiz barcha qarorlarimda hamisha «Nyukasl» manfaatlarini o‘zimnikidan ustun qo‘yganman va bu qaror ham bundan mustasno emas.

«Nyukasl» murabbiyi bo‘lish men uchun juda katta sharaf edi», — dedi Eddi Xau.

Angliyalik mutaxassis jamoani 2021 yilning noyabr oyidan beri boshqarib kelayotgan edi. Uning o‘rnini ilgari Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubini boshqargan Mattias Yayssle egallashi kutilmoqda.

Kiritildi: 20:52, 31.07.2026.
O'qildi: 863 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик