Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

«Barselona» o‘rtoqlik uchrashuvida «Birmingem Siti»ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi (videosharh)

«Barselona» o‘rtoqlik uchrashuvida «Birmingem Siti»ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi (videosharh)

Baho:
+-2 | -

Kecha «Birmingem Siti» va «Barselona» o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Asosiy vaqt 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi, penaltilar seriyasida esa 3:2 hisobida Angliya jamoasi g‘alaba qozondi.

Uchrashuv Angliyaning Birmingem shahridagi «Sent-Endryus» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Hisob 31-daqiqada August Priskening goli bilan ochildi va mezbonlar oldinga chiqib oldi. 42-daqiqada Hamza Abdulkarim penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. U 60-daqiqada yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, «Barselona»ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Biroq 68-daqiqada Jon Solis hisobni yana tenglashtirdi. G‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi va unda «Birmingem Siti» omadliroq chiqdi.

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, «Birmingem Siti» Chempionshipda 64 ochko to‘plab, 10-o‘rinni egallagan edi. «Barselona» esa 94 ochko bilan La Liga chempioni bo‘lgan.

O‘rtoqlik uchrashuvi
«Birmingem Siti» - «Barselona» - 2:2
Penaltilar seriyasi — 3:2
31 iyul 2026 yil | Birmingem (Angliya). «Sent-Endryus» stadioni
Gollar:  31' — August Priske (1:0),  42' — Hamza Abdulkarim (penalti) (1:1),  60' — Hamza Abdulkarim (1:2), 68' — Jon Solis (2:2)

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:01, 01.08.2026.
O'qildi: 1827 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик