«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares atrofidagi vaziyat qizg‘in pallaga kirmoqda. Ma’lum qilinishicha, futbolchining vakili shu hafta Kataloniyaga tashrif buyurib, «Barselona» rahbariyati bilan muzokara o‘tkazadi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — kelgusi kunlarda amalga oshiriladigan transfer strategiyasini aniqlab olishdir.
«Barselona» klubi bu borada qat’iy qadam tashlashga tayyor. Kataloniyaliklar rahbariyati futbolchining o‘z og‘zidan jamoaga qo‘shilishni istashi haqidagi istak bildirilishini kutmoqda.
Agar Alvares shunday qarorga kelsa va transferga rozilik bildirsa, «ko‘k-anorrangliklar» o‘z moliyaviy taklifini 115 million yevrogacha oshirishga tayyor.













