Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 0-1 Surxon
03/08 20:00 OKMK 1-2 Nasaf
03/08 20:30 Dinamo 0-0 Neftchi

Uilshir Vinisiusning «Arsenal»ga o‘tishi mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirdi

Uilshir Vinisiusning «Arsenal»ga o‘tishi mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirdi

Baho:
+ | -

«Arsenal»ning sobiq yarim himoyachisi Jek Uilshir «Real» yulduzi Vinisius Juniorning transferi Premyer-liga uchun katta bayonot bo‘lishiga ishonadi.

«Arsenal» shu yozda Braziliya terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinligi haqida kutilmagan xabarlar tarqalgan edi. Uilshir «kanonirlar» ushbu transfer oynasining eng yirik bitimlaridan birini amalga oshira olishi yoki yo‘qligini bilish uchun voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib borayotganini tan oldi.

«Men ham hamma qatori yangiliklarni o‘qib, jarayon yaqinlashayotganini kuzatib boryapman.

Bu, aniqki, jiddiy bayonot bo‘lar edi. Mikel va klub tomonidan o‘tgan mavsumda chempionatda g‘olib chiqilgani va erishilgan natija bilan cheklanib qolmasliklari haqidagi bayonot bo‘lardi.

Ular yana oldinga intilishni, albatta maydonda ham, shuningdek shunday futbolchining transferi orqali tijorat tomonidan ham o‘sishni xohlashadi. Bu voqea qanday yakunlanishini kuzatish juda qiziq bo‘ladi», — dedi Uilshir.

Kiritildi: 12:26, 04.08.2026.
O'qildi: 500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик