Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kressuell «Tuluza»dan «Renn»ga o‘tdi

Kressuell «Tuluza»dan «Renn»ga o‘tdi

Baho:
+ | -

Charli Kressuell «Tuluza»dan «Renn»ga ko‘chib o‘tdi.

«Qizil-qoralar» 23 yoshli himoyachini «Tuluza»dan majburiy sotib olish huquqi bilan ijaraga olishganini e’lon qilishdi. Futbolchi 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga qo‘l qo‘ydi.

The Athletic xabariga ko‘ra, futbolchining ijarasi «Renn»ga 2,5 million yevroga, to‘liq transfer esa 22,5 million yevroga tushadi. Shuningdek, 3 million yevro miqdorida bonus to‘lovlari ham ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, «Tuluza» futbolchining keyingi sotuvidan 10% ulush oladi.

O‘tgan Liga 1 mavsumida angliyalik futbolchi 29 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 16:13, 04.08.2026.
O'qildi: 543 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик