«Pari Sen-Jermen»ning «Malyorka»ga qarshi o‘yindagi (0:3) omadsizligidan so‘ng Rafel Pol o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Culture PSG xabariga ko‘ra, Luis Enrikening yordamchisi jamoa tinimsiz mehnat qilishda davom etgan holda oldinga harakat qilishi kerakligini ta’kidladi:
«Bu juda o‘zgacha o‘yin bo‘ldi, chunki biz juda kam mashg‘ulot o‘tkazgan edik. Bir nechta futbolchilar asosiy jamoa tarkibidagi ilk o‘yinlarini o‘tkazishdi. Natija biz kutgandek bo‘lmadi. Fikrimcha, biz vaziyatga ijobiy ko‘z bilan qarashimiz kerak. Tezda oldinga harakat qilishimiz va mehnatni davom ettirishimiz lozim», — dedi u.
Luis Enrike shogirdlari Superkubok bilan boshlanadigan rasmiy mavsum oldidan o‘zlarining yozgi ikkinchi sinov o‘yinida «Manchester Yunayted»ga qarshi maydonga tushishadi.













