Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

«Aston Villa» «Atletiko» himoyachisini 20 million yevroga sotib olmoqda

«Aston Villa» «Atletiko» himoyachisini 20 million yevroga sotib olmoqda

Baho:
+ | -

«Aston Villa» Madridning «Atletiko» klubi himoyachisi Matteo Rudjeri bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Klublar transfer summasi bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishishdi, ushbu summa taxminan 20 million yevroni tashkil etadi, deb xabar bermoqda The Athletic.

24 yoshli italiyalik futbolchining o‘zi Birmingem klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha muzokaralarning yakuniy bosqichida turibdi. Rudjeri Angliya Premyer-ligasiga o‘tish tafsilotlarini hal qilish uchun Madridda qoldi va «Atletiko» bilan Janubiy Koreyadagi mavsumoldi turnesiga uchib ketmadi.

«Aston Villa»da Rudjeriga «PSJ»ga o‘tayotgan Lyuka Dinning to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘rinbosari sifatida qarashmoqda — Chempionlar Ligasining amaldagi g‘oliblari uning shartnomasidagi sotib olish opsiyasini faollashtirishgan.

Matteo Rudjeri o‘tgan yozda «Atalanta»dan «Atletiko»ga o‘tib, besh yillik shartnoma imzolagan edi. Madridliklar tarkibidagi o‘tgan mavsumda italiyalik himoyachi barcha turnirlarda 47 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 15:27, 08.08.2026.
O'qildi: 967 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик