Kirish Ro'yxatdan o'tish

Messi oilasining shaxsiy hayotiga aralashgan OAVga qarshi huquqiy chora ko‘rilmoqda

Messi oilasining shaxsiy hayotiga aralashgan OAVga qarshi huquqiy chora ko‘rilmoqda

Baho:
+4 | -

«Inter Mayami» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining huquqiy vakillari uning oilasi shaxsiy hayoti daxlsizligi buzilgani aytilgan bir nechta OAVga qarshi huquqiy chora ko‘rishni boshladi.

Bir qator xabarlarga ko‘ra, bunga ayrim ommaviy axborot vositalarining Messining otasi Xorxe Messi vafotidan keyin o‘tkazilgan xotira marosimlari vaqtida futbolchining oilasiga yaqinlashib, shaxsiy hayotga aralashgani sabab bo‘lgan.

Messining vakillari ayrim OAV xodimlari jurnalistik etika doirasidan chiqib ketgani va oilaning qayg‘uli damlariga hurmatsizlik ko‘rsatganini ta’kidlamoqda.

Huquqiy jamoa bunday holatlarga chek qo‘yish va futbolchining oilasiga tegishli bo‘lgan shaxsiy masalalarni ommaviy axborot vositalari tomonidan daxlsiz qoldirish bo‘yicha aniq huquqiy presedent yaratishni maqsad qilgan.

Kiritildi: 12:20, 10.08.2026.
O'qildi: 834 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик