Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

JCH vaqtida Ronaldu va Messiga suiqasd uyushtirish rejalashtirilgan — Marca

JCH vaqtida Ronaldu va Messiga suiqasd uyushtirish rejalashtirilgan — Marca

Baho:
+ | -

Argentina milliy terma jamoasi sardori Lionel Messi hamda Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduga Jahon chempionati vaqtida suiqasd uyushtirish rejalashtirilgan. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Hisobotga ko‘ra, Messi 2026 yilgi mundial davomida boshqa futbolchilarga qaraganda ko‘proq tahdidlar nishoniga aylangan.

Argentina va Iordaniya o‘rtasidagi guruh bosqichi uchrashuvi oldidan bir shaxs Dallas aeroportiga qo‘ng‘iroq qilib, stadionga yana ikki kishi bilan birga kirib borishini bildirgan. U o‘zida qo‘lbola portlovchi qurilmalar va AR-15 rusumidagi miltiq borligini aytgan. Mazkur tahdidda Messi alohida nishon sifatida tilga olingan.

Argentina va Misr o‘rtasidagi nimchorak final uchrashuvi oldidan esa ijtimoiy tarmoqda Messi haqidagi yana bir tahdid aniqlangan. Gumondorlardan biri stadionga kirib, argentinalik futbolchini portlatish niyatida ekanini yozgan.

Mazkur uchrashuv vaqtida stadion hududida portlovchi qurilmalar borligi haqida ham xabar kelib tushgan. Huquq-tartibot idoralari stadionni maxsus xizmat itlari yordamida sinchiklab tekshirgan. Biroq qidiruv ishlari natijasida hech qanday bomba topilmagan va xabar yolg‘on ekanligi aniqlangan.

Ronaldu ham tahdidlar nishonida bo‘lgan
Hisobotda Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq xavfsizlik holatlari ham qayd etilgan. FIFA xodimi futbolchining qayerda istiqomat qilayotgani haqida ma’lumot olishga urinayotgan shubhali shaxs haqida Federal qidiruv byurosiga (FBI) xabar bergan. Keyinchalik Xyuston polisiyasi ushbu shaxsni Portugaliya terma jamoasi joylashgan mehmonxonada qo‘lga olingan.

Toronto shahrida esa yana bir kishi Ronaldu bilan bir liftga kirishga uringani uchun hibsga olingan. U futbolchi bilan shunchaki suratga tushmoqchi bo‘lganini bildirgan.f

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:40, 10.08.2026.
O'qildi: 2764 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик