Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Rio Ferdinand: "Reshford qolsa, "MYU" uchun yangi transferdek bo‘ladi"

Rio Ferdinand: "Reshford qolsa, "MYU" uchun yangi transferdek bo‘ladi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand jamoa bosh murabbiyi Maykl Karrikni yozgi transfer oynasida Markus Reshfordni qo‘yib yubormaslikka chaqirdi.

28 yoshli vinger "Barselona"dagi muvaffaqiyatli ijaradan so‘ng "Manchester Yunayted"ga qaytdi. Reshford o‘tgan mavsum Kataloniya klubi safida 49 ta uchrashuv o‘tkazib, 14 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Reshford "Manchester Yunayted"ning mashg‘ulot bazasiga qaytdi va, yigitlar, u xuddi qizib turgan Ferrari kabi. U ajoyib formada, u tayyor. Bilasizmi, yana nima? Uning yuzida tabassum bor, harakatlarida esa yengillik sezilyapti", — dedi Ferdinand o‘zining YouTube kanalida.

Ferdinandning fikricha, Reshfordni saqlab qolish "Manchester Yunayted" uchun amalda yangi futbolchi xarid qilish bilan barobar bo‘lishi mumkin.

"U qolishiga umid qilaman. Shunda u klub uchun xuddi yangi futbolchidek bo‘ladi. Balki endi biz kuchli motivasiyaga ega Markus Reshfordni ko‘rarmiz. U maydonga chiqib, barcha shubha qilganlar va tanqidchilarga ular adashganini isbotlar. Shunday bo‘lishiga umid qilaman. Ko‘ramiz", — deya qo‘shimcha qildi Ferdinand.

Reshford Kerrik jamoasiga qo‘shilib ulgurdi va "Manchester Yunayted" bilan Dublindagi mavsumoldi yig‘inlariga yo‘l oldi.

15 avgust kuni mankunianliklar Polshada "Milan"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Kiritildi: 10:17, 13.08.2026.
O'qildi: 1094 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик