Angliya futbol assosiasiyasi (FA) «Everton» hujumchisi Martin Sherifga stavkalarga oid qoidalarni buzganlik bo‘yicha ayblov qo‘ydi.
Ma’lum qilinishicha, 20 yoshli futbolchi 2024 yil 20 noyabrdan 2026 yil 12 fevralga qadar futbol uchrashuvlariga jami 61 ta stavka qilgan.
Angliyada professional futbolchilarga har qanday futbol o‘yiniga stavka qilish taqiqlangan. Qayd etilishicha, Sherif FA tomonidan qo‘yilgan ayblovlarga 17 avgustga qadar javob berishi kerak.
Martin Sherif «Everton» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo u hozirga qadar klubning asosiy jamoasi safida birorta ham rasmiy uchrashuv o‘tkazmagan.
O‘tgan mavsumda futbolchi ijara asosida «Roterxem» va «Port Veyl» klublari safida to‘p surdi.
Sherifning «Everton» bilan amaldagi mehnat shartnomasi yana bir yilga mo‘ljallangan.













