"Al-Hilol" "Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasadoni transfer qilish bo‘yicha taklif tayyorlamoqda. Bu haqda Al Yaum nashri xabar berdi.
Saudiya Arabistoni klubi 22 yoshli ispaniyalik futbolchini mahalliy chempionatda faoliyatini davom ettirishga ko‘ndirish uchun yana bir bor urinib ko‘radi.
Avvalroq "Al-Hilol" "Barselona" va futbolchining o‘ziga transfer bo‘yicha taklif yuborgan, ammo Kasado uni rad etgan edi.
Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda Kasadoga boshqa klublardan ham bir nechta takliflar kelib tushgan. Hozirda u kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishdan oldin barcha variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
Tayanch yarim himoyachisi sifatida harakat qiladigan Kasado o‘tgan mavsum 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta sariq kartochka oldi.













