Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/08 19:00 Navbahor 4-3 Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo 2-2 Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum 2-0 Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Neymardan ikkita assist: «Santos» Janubiy Amerika kubogi 1/8 finalining ilk o‘yinida «Makara»ni mag‘lub etdi (Videosharh)

Neymardan ikkita assist: «Santos» Janubiy Amerika kubogi 1/8 finalining ilk o‘yinida «Makara»ni mag‘lub etdi (Videosharh)

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

«Santos» Janubiy Amerika kubogi (Copa Sudamericana) 1/8 finalining dastlabki o‘yinida «Makara»dan ustun keldi — 2:1. Uchrashuv Braziliyadagi «Vila Belmiro» stadionida bo‘lib o‘tdi.

5-daqiqada Ekvador klubi hisobni ochdi — Franko Posse gol muallifiga aylandi. Tanaffus oldidan mezbonlar hujumchisi Gabriel Barboza muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Villian Arao «Santos»ga g‘alaba keltirgan golni urdi. Braziliyaliklarning ikkala golida ham o‘z hisobiga ikkita golli uzatma yozdirib qo‘ygan Neymar faol ishtirok etdi.

Javob o‘yini bir haftadan so‘ng, 21 avgust kuni Ekvadorda bo‘lib o‘tadi.

Janubiy Amerika kubogi 1/8 final. Birinchi o‘yin

«Santos» (Braziliya) — «Makara» (Ekvador) — 2:1 (1:1)

Gollar: Posse 5' (0:1), Gabriel 44' (1:1), Arao 76' (2:1).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:22, 14.08.2026.
O'qildi: 758 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик