Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor - An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

"Tottenxem" Kodi Gakpo uchun 60 mln funtdan ortiq taklif qildi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" "Liverpul" hujumchisi Kodi Gakpo uchun 60 mln funtdan ortiq miqdorda dastlabki taklif yubordi. Bu haqda SoccerNews xabar berdi.

Ayni paytda "Liverpul" ushbu taklifni ko‘rib chiqmoqda. Biroq "qizillar" Niderlandiya terma jamoasi a’zosi uchun yanada yuqoriroq mablag‘ olishni rejalashtirayotgani sababli birinchi taklifni rad etishi kutilmoqda.

"Tottenxem" Eli Vai transferi bo‘yicha uzoq davom etgan muzokaralar natijasiz yakunlanganidan so‘ng e’tiborini Gakpoga qaratdi. Shuningdek, "Manchester Siti" futbolchisi Savinyo ham London klubi ko‘rib chiqayotgan variantlardan biri hisoblanadi.

Xabarlarga ko‘ra, Gakponing o‘zi ham joriy yozda "Enfild"ni tark etishga qarshi emas. Angliyadagi manbalar 27 yoshli futbolchi "Tottenxem"ga o‘tish variantini ijobiy qabul qilishini bildirmoqda.

Gakpo o‘tgan mavsum Angliya Premyer-ligasida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Niderlandiyalik futbolchi PSVdan "Liverpul"ga o‘tganidan keyin jamoaning asosiy tarkib futbolchilaridan biriga aylandi. U hozirga qadar "qizillar" safida barcha musobaqalar doirasida 130 dan ortiq uchrashuvda ishtirok etgan.

Kiritildi: 18:51, 14.08.2026.
O'qildi: 1284 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик