Londonning "Arsenal" klubi sobiq futbolchisi Nunu Tavaresh hozirda Italiyaning "Lasio" klubida to‘p surmoqda, ammo tez orada jamoani tark etishi mumkin. Biroq u chempionatni tark etmaydi — uning yangi ish joyi sifatida Italiya futboli yuqori divizionining boshqa bir jamoasi — "Milan" tilga olinmoqda. Bu haqda "Lasio" muxlislarining cittaceleste.it sayti xabar bermoqda.
Alfonso Pedrasaning kelishi Rim klubi ichidagi tarkib dinamikasini o‘zgartirmoqda — klub rahbariyati Tavareshni emas, balki Luka Pellegrinini olib qolishni afzal ko‘rmoqda. "Milan" tomonidan bildirilayotgan qiziqishning tafsilotlari hozircha oshkor qilinmagan, ammo tez orada yangi tafsilotlar paydo bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Italiya A Seriyasining yangi mavsumi keyingi haftadayoq start oladi.













