Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Marokash terma jamoasi a’zosining «Real Sosyedad»ga transferi barbod bo‘ldi

Marokash terma jamoasi a’zosining «Real Sosyedad»ga transferi barbod bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Marsel» himoyachisi Nayef Agerdning «Real Sosyedad»ga transferi tibbiy ko‘rikdan so‘ng amalga oshmay qoldi. Marokash terma jamoasining 30 yoshli futbolchisi chov jarohati sababli mart oyidan beri maydonga tushmadi va shu bois 2026 yilgi Jahon chempionatini ham o‘tkazib yubordi.

«Menda o‘zim juda hurmat qiladigan va mehr qo‘ygan klub — «Real Sosyedad»ga qaytish imkoniyati paydo bo‘lgan edi.

Murabbiy Pellegrino Matarasso bilan suhbatdan so‘ng, menda u bilan tiklanish bayonotnomamni (protokolini) muhokama qilish imkoni bo‘ldi. Keyinchalik bu masala klublar o‘rtasidagi muzokaralar vaqtida chetga surib turildi. Mening tibbiy ko‘rigim mukammal o‘tdi va ikkala klub tomonidan ham tasdiqlandi. Shu bois hech qanday tibbiy muammo bo‘lmagan.

Yagona masala sport formamni eng yaxshi holatda tiklab olishim uchun zarur bo‘lgan bosqichma-bosqich qaytish bilan bog‘liq edi, ammo murabbiy mening hoziroq maydonga tushishga tayyor bo‘lishimni xohladi.

Men uning pozisiyasini to‘liq hurmat qilaman. Shu sababli, bu yerda hech qanday injiqlik yoki «Real Sosyedad»ga va boshqa biror kimga hurmatsizlik haqida gap ketayotgani yo‘q. Bu shunchaki o‘z sog‘lig‘imni asrash va hamma kutganidek to‘liq mavsum o‘tkazish uchun qabul qilingan mas’uliyatli qarordir», — deb yozdi Agerd.

Kiritildi: 12:49, 16.08.2026.
O'qildi: 468 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик