Avvalroq «Monako»ni boshqargan Sebastyen Pokonyoli Shotlandiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo‘lishga rozilik berdi. Bu haqda taniqli jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.
Shotlandiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi. Jamoa Gaitini minimal 1:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa-da, Marokash (0:1) va Braziliyaga (0:3) imkoniyatni boy berib, pley-off bosqichiga chiqa olmadi.
Iyun oyi oxirida 2019 yildan beri shotlandlarni boshqarib kelayotgan Stiv Klark o‘z lavozimini tark etgan edi. Endilikda uning o‘rnini avvalroq «Monako», «Genk» va «Yunion» klublarida faoliyat olib borgan 39 yoshli Pokonyoli egallashi kutilmoqda.
Belgiyalik mutaxassis o‘tgan mavsum yakunida «Monako»ni tark etgan edi.













