«Barselona» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrining transferiga juda yaqinlashdi.
Cadena SER nashrining xabariga ko‘ra, tomonlar yaqin kunlarda o‘tish bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishishlari mumkin. Kataloniyaliklar «shaharliklar» bilan kelishishga bo‘lgan avvalgi ikkita urinishdan so‘ng o‘z taklifini oshirishdi. 30 yoshli ispaniyalik futbolchining o‘zi ham to‘liq «Barselona»ga o‘tishga qaror qilgan, bu esa muzokaralarning tezroq oldinga surilishiga yordam bermoqda.
Bitimni yakshanba yoki dushanba kuni yakunlash rejalashtirilgan. «Barselona» Rodri 19 avgust kuni o‘tkaziladigan Joan Gamper Kubogi uchun o‘yindayoq yangi jamoasi bilan birga bo‘lishiga umid qilmoqda.













