Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Krishtianu Ronaldu: «Ehtimol, bu mening futboldagi so‘nggi yilim bo‘ladi»

Krishtianu Ronaldu: «Ehtimol, bu mening futboldagi so‘nggi yilim bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

«Ehtimol, bu mening futboldagi so‘nggi yilim bo‘ladi. Men ortimda katta meros qoldirishni xohlayman», — dedi Ronaldu Vogue nashriga bergan intervyusida.

41 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda «An-Nasr» safida barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda ishtirok etib, 30 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

2026 yilgi jahon chempionatida ham Ronaldu samarali o‘yin ko‘rsatib, beshta bahsda uch marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida besh marta Chempionlar ligasi g‘olibi, Yevropa chempioni (2016), ikki karra Millatlar ligasi g‘olibi bo‘lgan. Shuningdek, u milliy termalar tarixidagi eng ko‘p gol urgan futbolchi, Yevropa chempionatlari, Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Bundan tashqari, portugaliyalik yulduz besh marta «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 20:24, 16.08.2026.
O'qildi: 1358 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик