Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

«Sevilya» yarim himoyachisini Saudiya Arabistoniga sotishga urinmoqda

«Sevilya» yarim himoyachisini Saudiya Arabistoniga sotishga urinmoqda

Baho:
+ | -

«Sevilya» yarim himoyachisi Lyusyen Agume Saudiya Arabistoni klublaridan birining qiziqish doirasiga tushdi.

Jurnalist Manolo Agilarning xabar berishicha, 23 yoshli futbolchi uchun andalusiyaliklarga 30 mln yevrolik taklif kelib tushgan.

Agume hozircha Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga katta qiziqish bildirmayapti. Biroq «Sevilya» rahbariyati moliyaviy jihatdan manfaatli bo‘lgan ushbu transferni amalga oshirish maqsadida futbolchini ko‘ndirishga urinmoqda.

Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar natijasi ko‘p jihatdan Agumening yakuniy qaroriga bog‘liq bo‘ladi. Hozircha klub nomi va taklifning boshqa shartlari ma’lum qilinmagan.

Kiritildi: 21:52, 17.08.2026.
O'qildi: 619 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик