Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Chalxanoglu A Seriya manziliga aytilgan tanqidlarga qo‘shilmadi

Chalxanoglu A Seriya manziliga aytilgan tanqidlarga qo‘shilmadi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi yarimhimoyachisi Xakan Chalxanoglu Italiya A Seriyasining hozirgi darajasi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Oxirgi vaqtlarda Italiya chempionati va umuman mamlakat futboli keskin tanqidlarga uchrayotgan edi. Biroq «neradzurri» xavbeki mahalliy liga darajasini hamon yuqori baholamoqda.

«A Seriya — yaxshi, juda yaxshi chempionat. «Atalanta» va «Fiorentina» kabi jamoalar ko‘plab sifatli futbolchilar bilan shartnoma imzolamoqda. Mening nazarimda, A Seriya Angliya va Ispaniya chempionatlari bilan bir qatorda Yevropaning kuchli uchlik ligasiga kiradi», — dedi Chalxanoglu Football-Italia nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «Inter» o‘tgan mavsumda 87 ochko to‘plab, Italiya chempionatida ishonchli tarzda zafar kuchgan edi. Shanba kuni Kristian Kivu shogirdlari yangi mavsumni o‘z maydonida «Monsa»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Kiritildi: 06:34, 18.08.2026.
O'qildi: 370 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик