O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" — "Qizilqum" uchrashuvi oldidan jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari ma’lum bo‘ldi.
Uchrashuv 18 avgust kuni Zomindagi stadionda soat 19:00 da boshlanadi. Bahsni Abdurashid Xudoyberganov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Aleksandr Burov va Shavkat Rahmatov yordam beradi. VAR hakami vazifasini Jasur Muxtorov, AVAR vazifasini esa Islom Azimov bajaradi.
"So‘g‘diyona" bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev asosiy tarkibda Milan Mitrovich, Islomjon Qobilov, Zoir Jo‘raboyev, Behruz Jumatov, Filip Ivanovich, Ollabergan Karimov, Petar Michin, Nodirjon Soyibov, Jamshid Boltaboyev, Samandarjon Mavlonqulov va Lyupcho Doriyevni maydonga tushiradi.
Jizzaxliklar zaxirasidan Shohjahon Sultonmurodov, Behruzbek Asqarov, Zabihillo O‘rinboyev, Bayram Nadjafaliyev, Javohir Qahramonov, Abdulazizxon Abdurashidov, Amirbek Saidov, Dzenan Zaymovich va Oybek Nurmatov joy olgan.
"Qizilqum" bosh murabbiyi Jamshid Saidov esa Farhod Rahmatov, Nodirxon Ne’matxonov, Samandar Shukrullayev, G‘iyosjon Rizaqulov, Nikola Kumburovich, Duglas Maykon, Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Shahzod Rahmatullayev, Diyor Rahmatilloyev, Shahzod Turopov va Luka Ratkovichni boshlang‘ich tarkibga kiritgan.
Navoiyliklarning zaxira o‘rindig‘idan Elbek Otaqulov, Ruslan Roziyev, Grigol Chabradze, Humoyunshoh Sayyotov, Ilhomjon Vahobov, Fayzullobek Jumanqo‘ziyev, Farrux Jo‘rayev, Roman Papariga va Jambuli Jigauri joy oldi.













