«Trabzonspor» «Al-Hilol» hujumchisi Karim Benzema bilan bog‘lanib, ehtimoliy transfer uchun fransiyalik futbolchining shartlarini so‘radi. Bu haqda turkiyalik jurnalist Yagiz Sabunjuog‘lu X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Turkiya klubi Benzemani ushbu transfer oynasida kelishuvga erisha olmagan Darvin Nunyesga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda.
38 yoshli fransiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Benzemaning bozor qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Karim Benzema barcha musobaqalar doirasida 2 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.













