Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Rasman: "Nissa" 37 yoshli Aksel Vitselni o‘z safiga qo‘shib oldi

Rasman: "Nissa" 37 yoshli Aksel Vitselni o‘z safiga qo‘shib oldi

Baho:
+ | -

"Nissa" klubi rasmiy sayti orqali "Zenit"ning sobiq yarim himoyachisi Aksel Vitsel bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

37 yoshli belgiyalik futbolchi joriy yozda "Jirona"dan ketgach, erkin agentga aylangan edi. U "Nissa" bilan yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud bo‘lgan bir yillik shartnoma imzoladi.

Avvalroq OAVda "Nissa" Vitselni tizza xochsimon bog‘lamlaridan jarohat olgan Loran Aberjelga o‘rinbosar sifatida ko‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Transfermarkt portali Vitselning bozor qiymatini 1,3 million yevroga baholamoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Vitsel La Ligada 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2026 yilgi jahon chempionatida esa u 2 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta sariq kartochka oldi.

Vitsel faoliyati davomida "Standard", "Benfika", Dortmundning "Borussiya", "Atletiko" va "Tyanszin Teda" klublarida ham to‘p tepgan.

Kiritildi: 08:17, 19.08.2026.
O'qildi: 606 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик