Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Hamza: "Flik menga asosiy hujumchi sifatida qaraydi — bu menga katta ishonch beradi"

Hamza: "Flik menga asosiy hujumchi sifatida qaraydi — bu menga katta ishonch beradi"

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Hamza Abdelkarim bosh murabbiy Hans-Diter Flik bilan ishlash haqida fikr bildirdi.

18 yoshli futbolchi chorshanba kuni o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan Qohiraning "Al-Ahli" klubi darvozasini ishg‘ol qildi. Abdulkarim Yevropa sari yo‘l olguniga qadar aynan shu jamoa safida to‘p tepgan. Uchrashuv Joan Gamper kubogi doirasida o‘tkazilib, "ko‘k-anorranglilar"ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Abdelkarim Flikning yosh futbolchilarga bo‘lgan munosabati unga katta ishonch bag‘ishlayotganini ta’kidladi.

"Flik men bilan xuddi meni asosiy hujumchi sifatida ko‘rayotgandek gaplashadi. Buning o‘zi menga juda katta ishonch beradi. Uning barcha yosh futbolchilarga yondashuvi shunday", — deya Abdelkarimning so‘zlarini keltirdi Barca Universal.

"Barselona" bu yozda iste’dodli misrlik futbolchining transfer huquqlarini "Al-Ahli"dan to‘liq sotib oldi. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida esa Abdelkarim kataloniyaliklar safida ijara asosida harakat qilib, jamoaning ikkinchi tarkibida tajriba to‘plagan edi.

Kiritildi: 09:52, 20.08.2026.
O'qildi: 1041 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик