Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Mourinyo: "Bu klubga rad javobini bera olmaysiz"

Mourinyo: "Bu klubga rad javobini bera olmaysiz"

Baho:
+ | -

"Real" Madrid bosh murabbiyi Joze Mourinyu o‘zining avvalgi klubida qolishni rejalashtirganini tan oldi.

O‘tgan yil sentyabr oyida portugaliyalik mutaxassis vataniga qaytib, "Benfika" bosh murabbiyiga aylangan edi. Bahorda Florentino Peres mutaxassisni Alvaro Arbeloa o‘rniga tayinlashni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu gap-so‘zlar tasdiqlandi va iyun oyida "qirollik klubi" Jozening jamoaga qaytganini rasman e’lon qildi.

"Men "Benfika"da qolishni o‘ylayotgandim. Biroq "Real" sizga qo‘ng‘iroq qilsa, javob doim oddiy bo‘ladi. "Real"ga rad javobini bera olmaysiz. Bu yerga qaytish men uchun katta ahamiyatga ega", — dedi 63 yoshli murabbiy El Chiringuito nashriga bergan intervyusida.

Mourinyoning La Liganing grand klubi bilan shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan. U avval "Real"ni 2010-2013 yillar oralig‘ida boshqargan.

Kiritildi: 09:57, 20.08.2026.
O'qildi: 553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик