Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-2 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Niko O'Rayli: "Yarim himoyada o‘ynashni xohlayman"

Niko O'Rayli: "Yarim himoyada o‘ynashni xohlayman"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Niko O'Rayli yana maydon markazida o‘ynashni xohlaydimi, degan savolga javob berdi. Angliyalik futbolchi o‘tgan mavsumdagi o‘yinlarning katta qismini himoyaning chap qanotida o‘tkazgan.

"Albatta, 100 foiz. Men yarim himoyada o‘ynashni xohlayman, ammo turli pozisiyalarga oson moslasha oladigan futbolchiman. Chap qanot himoyachisi yoki tayanch yarim himoyachisi sifatida o‘ynay olaman.

Murabbiy menga istalgan pozisiyada maydonga tushishga tayyor turishim kerakligini aytdi. Uning aytishicha, futbolchining bir nechta pozisiyada o‘ynay olishi jamoa uchun o‘ziga xos ustunlik", — dedi O'Rayli Sky Sports Premier League'ga.

O‘tgan mavsumda O'Rayli barcha musobaqalar hisobida 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:58, 20.08.2026.
O'qildi: 494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик