«Barselona» himoyachisi Pau Kubarsining Misrning «Al-Axli» klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini (2:1) o‘tkazib yuborgani sababi oshkor bo‘ldi.
Jurnalist Jordi Xilning xabar berishicha, «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yangi mavsum starti oldidan Kubarsiga dam berishga qaror qilgan. Ta’kidlanishicha, himoyachida hech qanday jarohat yo‘q, shu sababli u Ispaniya chempionatining bo‘lajak «Elche»ga qarshi o‘yiniga to‘liq tayyor bo‘ladi.
Ispaniya La Ligasining 2-turidan o‘rin olgan «Elche» va «Barselona» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakshanba, 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da (23 avgustdan 24 avgustga o‘tar kechasi) boshlanishi rejalashtirilgan.













