Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

FIFA barcha 211 mamlakat ishtirok etadigan yangi global turnir tashkil etmoqchi — ochilish o‘yini Isroil va Falastin o‘rtasida bo‘lishi mumkin

FIFA barcha 211 mamlakat ishtirok etadigan yangi global turnir tashkil etmoqchi — ochilish o‘yini Isroil va Falastin o‘rtasida bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA prezidenti Janni Infantino 15 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida yangi global turnir tashkil etish masalasida xususiy investorlar bilan muzokara o‘tkazdi. The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, musobaqada FIFAga a’zo barcha 211 mamlakat terma jamoasi ishtirok etishi mumkin.

Yangi turnir g‘oyasi beysbol bo‘yicha o‘tkaziladigan Little League World Series musobaqasidan ilhomlangan.

Todd Boeli boshchiligidagi Eldridge Industries kompaniyasi taklif qilgan loyihalardan biriga ko‘ra, musobaqa AQSHning Florida shtati, Orlando shahridagi ESPN Wide World of Sports Complex majmuasida o‘tkazilishi mumkin.

Shuningdek, turnirning ochilish va yopilish marosimlarini Disney tematik bog‘larida tashkil etish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda.

FIFA 15 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida global turnir tashkil etish rejasini ilk bor 2025-yil dekabr oyida rasman ma’lum qilgan edi. Biroq tashkilot ushbu loyihaga xususiy investisiyalarni jalb qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani haqida avval jamoatchilikka xabar bermagan.

Manbaga ko‘ra, Infantino turnirning ilk uchrashuvini Isroil va Falastin terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazish g‘oyasini ham ilgari surgan.

Bu taklif aprel oyida Vankuverda o‘tkazilgan Kongressda Infantinoning Isroil va Falastin futbol federasiyalari vakillarini qo‘l berib ko‘rishish va birgalikda suratga tushishga undagan, ammo muvaffaqiyatsiz yakunlangan urinishidan keyin paydo bo‘lgan.

Kiritildi: 18:28, 20.08.2026.
O'qildi: 1078 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик