"Real"ning yangi himoyachisi Denzel Dyumfris Madrid klubiga o‘tganidan keyingi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
30 yoshli Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi juma kuni "Real"ning yangi o‘yinchisi sifatida rasman tanishtirildi.
"Har qanday futbolchi uchun "Real"da o‘ynash — orzu. Bu yerda bo‘lish katta mas’uliyat, chunki oldimizga muhim vazifalar qo‘yilgan. Men juda faxrlanyapman va baxtliman. Ishni boshlashga tayyorman", — dedi Dyumfris.
Himoyachining "Real" bilan shartnomasi 2029/30 yilgi mavsum yakuniga qadar amal qiladi.
Dyumfris o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasida harakat qiladi. Uning yangi jamoasi 22 avgust kuni Ispaniya chempionatidagi yangi mavsumni boshlaydi. Joze Mourinyu shogirdlari safarda "Espanyol"ga qarshi maydonga tushadi.













