Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Mixail Mudrik «Chelsi»ni tark etadi

Mixail Mudrik «Chelsi»ni tark etadi

Baho:
+ | -

Ukrainalik vinger Mixail Mudrikning faoliyatini boshqa klubda ijara asosida davom ettirishi yuqori ehtimolga ega. Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining londonlik klubdan ijaraga ketishi deyarli kafolatlangan.

Romano «Lids» klubining Mudrikka bo‘lgan qiziqishini ham tasdiqladi. «Chelsi» ingliz klubining birinchi taklifini rad etgan, ammo muzokaralar davom etishi mumkin.

Shuningdek, londonliklar o‘zlari bilan egalari umumiy bo‘lgan «Strasburg» klubiga ijaraga berish variantini ham ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq futbolchining o‘zi faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishni va APLda qolishni afzal ko‘radi.

Diskvalifikasiyasi bekor qilinganidan keyin ukrainalik futbolchi «Chelsi» safida uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, «Yuventus», «Milan» va «Darul Tazim» jamoalariga qarshi bahslarda jami 39 daqiqa harakat qildi.

Avvalroq 2026/2027 yilgi mavsumda APLda ishtirok etayotgan «Koventri» klubi ham Mudrikka qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.

Kiritildi: 08:25, 22.08.2026.
O'qildi: 890 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик