"Selta" 34 yoshli yarim himoyachi Matias Vesino bilan shartnoma bekor qilinganini rasman e’lon qildi.
"Birinchi kundanoq ko‘rsatgan professionalliging uchun rahmat, Mati. Faoliyatingning yangi bosqichida omad tilaymiz", — deyiladi ispan klubi bayonotida.
Urugvaylik futbolchi "Selta"ga 2026 yil fevral oyida "Lasio"dan kelib qo‘shilgandi. Vesino Vigo klubi safida jami 12 ta uchrashuv o‘tkazdi. U shularning 6 tasida La Ligada, yana 6 tasida Yevropa Ligasida maydonga tushgan.
Vesino faoliyati davomida "Inter", "Fiorentina", "Lasio" kabi Italiya klublarida ham to‘p surgan. Urugvay milliy jamoasida ham katta tajriba to‘plagan yarim himoyachi endi faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.













