Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

De Yong atrofida mojarolar ko‘paymoqda

De Yong atrofida mojarolar ko‘paymoqda

Baho:
+ | -1

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongning klubdagi kelajagi yana so‘roq ostida qoldi. Marca ma’lumotiga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi bilan bog‘liq bir qator voqealar klub ichida norozilikni kuchaytirgan.

Vaziyat Joan Gamper kubogi taqdimotida yanada yaqqol ko‘rindi — "Kamp Nou"dagi muxlislarning bir qismi De Yongni hushtakbozlik bilan qarshi oldi.

Asosiy muammolardan biri futbolchining Niderlandiya milliy jamoasi safida Jahon chempionatida olgan og‘ir tizza jarohati bilan bog‘liq. De Yong og‘riqqa qaramay o‘ynashda davom etgan va natijada jarohatini og‘irlashtirgan. Keyinchalik u "Barselona" shifokorlari tavsiya qilgan jarrohlik amaliyotini rad etib, konservativ davolanishni tanlagan. Bu esa tiklanish muddatini uzaytirishi mumkin.

Shuningdek, De Yong o‘zi haqidagi xabarlar yuzasidan OAVni ochiq tanqid qilgan. Manbaga ko‘ra, bu holat mahalliy jurnalistlar bilan munosabatlarni ham keskinlashtirgan.

Marca'ning yozishicha, Hansi Flik futbolchini sardorlik vazifasidan ham chetlatgan. Rasman bu qaror uning jarohati bilan izohlanayotgan bo‘lsa-da, manba bu ichki jazo bo‘lishi mumkinligini qayd etgan.

De Yong yaqinda "Barselona" bilan uzoq muddatli shartnomasini uzaytirganiga qaramay, klubda uni sotish tarafdorlari paydo bo‘lgan. Jarohati sabab yozda transferni amalga oshirish qiyin, ammo 2027 yil yanvarda uni sotish varianti istisno qilinmayapti.

Kiritildi: 15:25, 22.08.2026.
O'qildi: 897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик