«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Angliya Premyer-ligasi 1-turida «Xall Siti»dan qabul qilingan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Biz hali ko‘p jihatdan o‘sishimiz kerak. Hammasi ideal bo‘lishi mumkin emasdi. Hisobda ortda qolganingizda, o‘yin yanada qiyinlashadi.
Safarda Premyer-ligaga yangi chiqqan jamoaga qarshi o‘ynayotganda raqibga juda ko‘p imkoniyat bermaslik kerak.
Ammo ularda gol urish uchun vaziyatlar bo‘ldi. Biz mag‘lubiyatdan xafamiz, lekin bu mag‘lubiyat bizni sindirib qo‘ymaydi», — dedi murabbiy uchrashuvdan so‘ng.
«Manchester Yunayted» «Xall Siti»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Angliya chempionatining 2-turida Kerrik shogirdlari o‘z maydonida «Ipsvich»ni qabul qiladi. Uchrashuv 30 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.













