«Liverpul» sardori Virjil van Deyk jamoasining Angliya Premyer-ligasi yangi mavsumidagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
«Qizillar» o‘tgan mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazib, turnir jadvalida faqat beshinchi o‘rinni egalladi. «Arsenal» esa chempionlikni qo‘lga kiritdi va yangi mavsumni «Koventri» ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi.
«Liverpul» futbolchisi va jamoa sardori sifatida Premyer-liga chempionligi uchun kurashishni istayman. Ammo vaziyatga real baho berishimiz kerak. O‘tgan mavsumda «Arsenal» qanchalik kuchli bo‘lganini ko‘rdik. Ularning tarkibidagi sifat va tanlov imkoniyati juda katta taassurot qoldiradi.
Menimcha, chempionlik uchun kurashishga kuchimiz yetadi. Biroq buning uchun o‘tgan mavsumdagidan ancha yaxshiroq natija ko‘rsatishimiz kerak», — deya van Deykning so‘zlarini Anfield Sector nashri keltirdi.
Andoni Iraola boshchiligidagi «Liverpul» 2026/2027 yilgi APL mavsumini «Nyukasl»ga qarshi safar uchrashuvi bilan boshlaydi.













