Terem Moffi «Nissa»dan «Gamburg»ga o‘tdi. Germaniya klubi 27 yoshli hujumchining transferi haqida e’lon qildi. Tomonlar 3 yillik shartnoma imzolashdi.
RMC Sport jurnalisti Fabris Xokinsning ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv summasi 2 million yevroni tashkil qilgan. Fransuzlar yana 500 ming yevroni bonus sifatida olishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Moffi 2025 yil noyabr oyi oxirida «Nissa» muxlislari hujumiga uchragan futbolchilardan biri edi. Shundan so‘ng nigeriyalik futbolchi fransuz klubi safida boshqa maydonga tushmadi — u o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida «Portu»da o‘tkazdi.













