Ispaniyalik himoyachi Mark Kukurelya Madridning «Real» klubi futbolchisiga aylandi va berilayotgan intervyularida yangi klubidan ko‘ngli to‘q ekanini aytmoqda.
«Men juda baxtiyorman. Bu darajaga yetib kelish uchun qattiq mehnat qildim va harakatlarim o‘zini oqladi. Hozir boshimdan kechirayotgan voqealardan juda mamnunman va bu davom etishiga umid qilaman. Men sovrinlar yutishni va eng muhimi, bu tajribadan zavq olishni xohlayman. Muxlislar menga ko‘plab xabarlar yo‘llashdi, men esa har bir o‘yinda bor kuchimni ayamayman», — deydi futbolchining so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it sayti.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik himoyachi, Yevropa va jahon chempioni bunga qadar Londonning «Chelsi» klubi sharafini himoya qilib kelayotgan edi.













