Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/10 12:45 Melburn Viktori 3-0 Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol 5-1 Port
14/10 15:00 Vissel Kobe 2-0 Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib 1-0 Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf 1-2 Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra 2-1 Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK 3-1 Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq 2-0 Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun 2-1 Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy 2-0 An-Nahda
14/10 21:45 LASK 3-6 Liverpul
14/10 21:45 Feyenoord 3-2 Komo
14/10 23:59 Manchester Siti 2-4 PSJ
14/10 23:59 Roma 3-4 Real Madrid
14/10 23:59 Aston Villa 6-0 Fenerbaxche
14/10 23:59 Betis 3-2 Portu
14/10 23:59 Bude-Glimt 1-0 Borussiya D
14/10 23:59 Slovan 0-3 Shtutgart
14/10 23:59 Shaxtyor 3-1 AEK

O‘zFHM yig‘ilish o‘tkazib, VAR hakamlari faoliyatini muhokama qildi

O‘zFHM yig‘ilish o‘tkazib, VAR hakamlari faoliyatini muhokama qildi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasida Hakamlar qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda hakamlik faoliyatini yanada takomillashtirish, sohadagi mavjud masalalarni muhokama qilish va oldinda turgan vazifalarni belgilab olish bo‘yicha muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar:

VAR hakamlari salohiyatini rivojlantirish: «VAR» va «AVAR» hakamlarining Superliga hamda Proliga uchrashuvlariga tayinlanishi, kelgusida VAR hakamlari sonini ko‘paytirish va ularning yanada sifatli hamda samarali faoliyat yuritishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, FIFA kunlari davomida amaldagi VAR va AVAR hakamlarini qayta attestasiyadan o‘tkazish, shuningdek, yangi VAR va AVAR hakamlarini tayyorlash va ularni mazkur yo‘nalishdagi sinovlardan o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Hakamlar faoliyatini baholash: Superliga, Proliga va boshqa quyi ligalarning o‘tgan tur uchrashuvlarida hakamlar, yordamchi hakamlar hamda «VAR» hakamlari olgan past baholarni ko‘rib chiqish, bahsli va murakkab vaziyatlarni tahlil qilish.

Yosh hakamlar va Hakamlar akademiyasi faoliyati: Hakamlar markazi rahbari Ma’mur Saydqosimov yosh hakamlar bilan ishlash bo‘yicha tuzilgan ishchi komissiya hisobotini taqdim etdi. Shuningdek, Hakamlar akademiyasining 5-moduli natijalarini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar atroflicha tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarning oldini olish, hakamlarning nazariy hamda amaliy tayyorgarligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va vazifalar berildi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 20:31, 25.08.2026.
O'qildi: 709 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик