Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

"Barselona" Kasado narxini tushirdi

"Barselona" Kasado narxini tushirdi

Baho:
+-1 | -

MARCA xabariga ko‘ra, "Barselona" jamoani tark etishi kutilayotgan yarim himoyachi Mark Kasado uchun talab qilayotgan mablag‘ni taxminan 25 million yevrogacha tushirdi.

22 yoshli "La Masiya" tarbiyalanuvchisiga mavsum boshlanishidan oldin asosiy tarkibda muntazam o‘yin amaliyoti kafolatlanishi qiyin ekani ma’lum qilingan. Shundan so‘ng futbolchining atrofidagilar Yevropadagi boshqa variantlarni o‘rganishni boshlagan.

Kasadoning agenti Jorje Mendesh butun yoz davomida unga yangi klub topish ustida ishlamoqda. Biroq "Barselona" dastlab 30 million yevrodan ortiq mablag‘ talab qilgani sabab potensial xaridorlar bilan muzokaralar oldinga siljimagan.

Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi ham futbolchiga qiziqish bildirgan, ammo Kasado Yevropaning top-ligalarida qolishni ustuvor maqsad qilib, Yaqin Sharqqa ko‘chib o‘tish variantini rad etgan.

Ayni paytda "Sanderlend" va "Nottingem Forest" futbolchining vaziyatini kuzatib bormoqda. Turkiyaning "Beshiktosh" klubi esa transfer oynasi yopilishidan oldin Kasadoni o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy da’vogarlardan biriga aylangan.

Kiritildi: 16:45, 26.08.2026.
O'qildi: 1882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик