"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya chempionatining 1-turida "Real Sosyedad" ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g‘alabadan keyin tanqidchilariga murojaat qildi.
Fransiyalik futbolchi ushbu uchrashuvda xet-trik qayd etdi.
"Norozimisiz? Xet-trik..." — deb yozdi Mbappe X ijtimoiy tarmog‘ida.
Mbappe "Real Sosyedad" darvozasiga 3 ta gol urdi va La Liganing joriy mavsumi to‘purarlari ro‘yxatida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.













