Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor - An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

«Ayntraxt» Noa Atubolu transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

Frankfurtning «Ayntraxt» klubi «Frayburg» darvozaboni Noa Atubolu transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Sky Sport Germany jurnalisti Florian Plettenberg xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 24 yoshli germaniyalik futbolchi ayni paytda yangi klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.

Atubolu «burgutlar» safiga ijara asosida qo‘shiladi. Kelishuvda uning transfer huquqini 13 million yevroga majburiy sotib olish sharti ham ko‘zda tutilgan.

Avvalroq darvozabonning «Marsel»ga o‘tishi mumkinligi xabar qilingandi, ammo bu transfer amalga oshmay qolgan.

Atubolu «Frayburg» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va klubning asosiy jamoasida 2022/23 yilgi mavsumda debyut qilgan. U o‘tgan mavsumda 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 70 ta gol o‘tkazib yuborgan va 12 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Darvozabonning «Frayburg» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Biroq Florian Plettenberg va kicker nashri ma’lumotiga ko‘ra, Atubolu ijaraga ketishi uchun klub bilan shartnomasini qayta imzolagan.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda. Germaniya yoshlar terma jamoasining sobiq darvozaboni «Frayburg» asosiy jamoasi safida jami 125 ta o‘yin o‘tkazib, 182 ta gol o‘tkazib yuborgan va 38 ta uchrashuvda «quruq» o‘yin qayd etgan.

Kiritildi: 16:09, 27.08.2026.
O'qildi: 661 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик