Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

«Bavariya» Mbaye bo‘yicha ma’lumot so‘radi

«Bavariya» Mbaye bo‘yicha ma’lumot so‘radi

Baho:
+ | -

Insayder Nikolo Skira ma’lum qilishicha, «Bavariya» «PSJ» vingeri Ibraim Mbayega qiziqish bildirmoqda.

Germaniya klubi 18 yoshli senegallik futbolchi haqida ma’lumot so‘ragan. Mbaye muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish va maydonda ko‘proq vaqt o‘tkazish maqsadida shu yozda Parij klubini tark etishga qarshi emas.

«Bavariya» futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Avvalroq «Liverpul» «PSJ» vingeri Mbaye bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingandi.

Shuningdek, 18 yoshli futbolchi amaldagi Chempionlar ligasi g‘olibi safini yaqin vaqt ichida tark etishi mumkinligi haqida ham ma’lumotlar tarqalgan.

O‘tgan mavsumda Ibraim Mbaye 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘rtacha har bir o‘yinda 39 daqiqa harakat qildi. U 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shu yozda vinger Senegal terma jamoasi safida JCH-2026 doirasida 4 ta uchrashuvda qatnashdi va guruh bosqichida Fransiyaga qarshi 1:3 hisobida yakunlangan bahsda gol urdi. Mbaye jamoasi musobaqaning 1/16 finaligacha yetib bordi va ushbu bosqichda Belgiyaga qo‘shimcha vaqtda 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Kiritildi: 16:15, 27.08.2026.
O'qildi: 479 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик