Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Umarali Rahmonaliyev Bokuda goli va ozarbayjoncha intervyusi bilan e’tibor qozondi

Umarali Rahmonaliyev Bokuda goli va ozarbayjoncha intervyusi bilan e’tibor qozondi

Baho:
+ | -

Umarali Rahmonaliyev «Sabah»ning tarixiy muvaffaqiyatida muhim rol o‘ynadi. O‘zbekistonlik futbolchi hal qiluvchi uchrashuvda gol urib, jamoasining Chempionlar ligasi asosiy bosqichiga ilk bor yo‘l olishiga hissa qo‘shdi.

Rahmonaliyev 74-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, «Sabah»ga bahsni qo‘shimcha bo‘limlarga olib o‘tish imkonini berdi. Keyinchalik Ozarbayjon jamoasi uchrashuvni 5:2 hisobida o‘z foydasiga hal qildi va klub tarixida birinchi marta musobaqaning asosiy bosqichiga chiqdi.

O‘yindan keyin esa o‘zbekistonlik yarimhimoyachi yana bir jihati bilan mahalliy muxlislar e’tiborini tortdi. U jurnalistlar savollariga ozarbayjon tilida javob berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda futbolchining Bokuga kelganidan keyin qisqa vaqt ichida tilni o‘zlashtirgani keng muhokama qilinmoqda. Ayrim muxlislar bu holatga hazil aralash munosabat bildirib, «U ozarbayjon tilini atigi bir yilda o‘rgandi. Ko‘rinishidan, hech qayerga ketmoqchi emas», deya yozmoqda.

Muxlislarning munosabatidan ko‘rinib turibdiki, ular Rahmonaliyevning «Sabah» safida qolishini mamnuniyat bilan qabul qiladi.

Kiritildi: 17:50, 27.08.2026.
O'qildi: 3296 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик