Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

"Barselona" La Masiyaning ikki iste’dodi bilan yangi shartnoma tayyorlamoqda

"Barselona" La Masiyaning ikki iste’dodi bilan yangi shartnoma tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

Diario SPORT ma’lumotiga ko‘ra, "Barselona" sport direktori Deku La Masiyaning ikki iqtidorli futbolchisi — Xavi Espart va Brian Farinyasning kelajagini klub bilan bog‘lash uchun ularga asosiy jamoaga mos yaxshilangan shartnomalar taklif qilishga tayyorlanmoqda.

Klubning yozgi transfer oynasidagi asosiy e’tibori markaziy hujumchi xarid qilishga qaratilgan bo‘lsa-da, Deku bir vaqtning o‘zida akademiyadan yetishib chiqayotgan iqtidorlarni rag‘batlantirish maqsadida bir nechta muhim shartnomalarni uzaytirish ishlarini ham olib bormoqda.

Xavi Espart mavsumoldi tayyorgarligidagi yorqin o‘yinlari orqali Xansi Flik jamoasida doimiy o‘ringa ega bo‘ldi. U "Elche"ga qarshi yarim himoyada, shuningdek, chap qanot himoyachisi sifatida yaxshi harakat qilib, taktik jihatdan universal futbolchi ekanini ko‘rsatdi.

Espart bilan birga 19 yoshli yarim himoyachi Brian Farinyas ham murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldirdi. Shu bois u yangi mavsumda ijaraga ketmay, asosiy jamoa bilan qolishi kutilmoqda.

Transfer oynasi yopilganidan keyin, sentyabr oyida muzokaralar boshlanishi rejalashtirilgan. "Barselona" har ikki yosh futbolchini yangilangan shartlar asosida rasman asosiy jamoa a’zosi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 20:35, 27.08.2026.
O'qildi: 2429 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик