Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Devid Bekxem «Nant»ni sotib olishda ishtirok etishi mumkin

Devid Bekxem «Nant»ni sotib olishda ishtirok etishi mumkin

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubining sobiq futbolchisi va «Inter Mayami» hammulki Devid Bekxemning nomi kutilmaganda Fransiyaning «Nant» klubini sotib olish bo‘yicha ehtimoliy bitim ishtirokchilari orasida paydo bo‘ldi. Bu haqda Ouest-France xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, yaqinda Liga 2 divizioniga tushib ketgan «Nant» egalari klubni sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ayni paytda klubni sotib olishga uchta ehtimoliy xaridor da’vo qilmoqda. Takliflardan biri 100 million yevroga baholanmoqda.

Shu bilan birga, nashrning ta’kidlashicha, Bekxemning nomi «yana muhokamalarda paydo bo‘lgan». Uning vakili avvalroq mahalliy potensial investorlar tashabbus guruhi (Collectif nantais) vakillari bilan uchrashgan hamda «Nant» bilan bog‘liq ehtimoliy loyihaga qiziqish bildirgan.

Bekxem futbolga investisiya kiritish borasida allaqachon muvaffaqiyatli tajribaga ega. Uning boyligi 1,36 milliard yevroga baholanmoqda. «Inter Mayami» esa uning investisiyalari tufayli MLSdagi eng ko‘zga ko‘ringan loyihalardan biriga aylangan.

Endi britaniyalik sobiq futbolchi o‘z futbol imperiyasini Fransiyada ham kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:24, 28.08.2026.
O'qildi: 968 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик