Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao

Xargrivz Keynning «Oltin to‘p» uchun asosiy raqobatchisini aytdi

Xargrivz Keynning «Oltin to‘p» uchun asosiy raqobatchisini aytdi

Baho:
+ | -

«Bavariya»ning sobiq yarim himoyachisi Ouen Xargrivz Myunxen klubi hujumchisi Xarri Keyn «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogarlardan biri ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, nemis klubining sobiq futbolchisi Keynga jiddiy raqobat qila oladigan futbolchini ham aytdi.

«Xarri Keyn “Bavariya” safida juda yuqori darajada o‘ynadi va chempionlikni qo‘lga kiritdi. Uning gollar bo‘yicha statistikasi shunchaki ajoyib. Bundan tashqari, u ko‘p gol urgan juda yaxshi Jahon chempionatini o‘tkazdi. Angliya ushbu musobaqada uchinchi o‘rinni egalladi», — deya Xargrivz so‘zlarini Merkur keltirdi.

Sobiq futbolchining fikricha, Keynning asosiy raqibi «Manchester Siti»ning sobiq yarim himoyachisi Rodri bo‘lishi mumkin.

«Menimcha, Rodri ajoyib o‘ynadi. U “Manchester Siti” bilan Angliya Kubogi va Liga Kubogida g‘olib bo‘ldi. Rodri, shuningdek, AQSHda o‘tkazilgan Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasini g‘alabaga yetakladi. Agar men ovoz berishim kerak bo‘lganida, tanlovim shu ikki futbolchi o‘rtasida bo‘lar edi», — deya yakunladi Xargrivz.

«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Keyn «Bavariya» tarkibidagi sermahsul mavsumdan so‘ng sovrin uchun da’vo qilmoqda — u jamoasi safida barcha rasmiy musobaqalarda 51 ta uchrashuvda 61 ta gol urgan.

Kiritildi: 07:29, 28.08.2026.
O'qildi: 773 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик