Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«PSJ» «Lill»ga qarshi Dembele va Neveshsiz o‘ynaydi (+Qaydnoma)

«PSJ» «Lill»ga qarshi Dembele va Neveshsiz o‘ynaydi (+Qaydnoma)

Baho:
+ | -

«PSJ» Liga 1ning 2-turida «Lill»ga qarshi o‘tkaziladigan safar uchrashuvi uchun qaydnomasini e’lon qildi. Luis Enrike mazkur bahsga 20 nafar futbolchini jalb etgan.

«PSJ» qaydnomasi: Ashraf Hakimi, Lyuka Beraldo, Markinyos, Ilya Zabarniy, Xvicha Kvarasxeliya, Fabian Ruis, Ferran Torres, Magnes Akliush, Lyuka Din, Dezire Due, Alessandro Longoni, Vitinya, Lyuka Ernandes, Mika Godts, Senni Mayyulu, Dro Fernandes, Lyuka ShevalYE, Uorren Zair-Emeri, Matvey Safonov va Villian Pacho.

Parijliklarga bir qator futbolchilar yordam bera olmaydi. Nunu Mendesh diskvalifikasiyasini o‘tamoqda. Joau Nevesh kasal bo‘lgani sabab qaydnomaga kiritilmagan. Usmon Dembelega esa Jahon chempionatidan keyingi katta yuklama tufayli bir necha kun dam berilgan. Bredli Barkolya, Ibrahim Mbaye va Kanten Ndjantu ham ro‘yxatdan joy olmadi.

«PSJ» yangi chempionatni «Renn»ga qarshi 2:2 hisobidagi durang bilan boshladi. O‘sha uchrashuvda yangi futbolchi Ferran Torres zaxiradan maydonga tushib, ikkita gol urgan edi. «Lill» esa birinchi turda «Anje»ni safarda 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

«Lill» — «PSJ» uchrashuvi 28 avgust kuni «Pyer Morua» stadionida o‘tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi. 

Kiritildi: 16:28, 28.08.2026.
O'qildi: 1026 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик